locale OZ

Superliga. «Lokomotiv» safarda «Andijon»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Toshkent klubi safarda 3 ta gol urib, turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Superliga. «Lokomotiv» safarda «Andijon»ni mag‘lubiyatga uchratdi
photo: Lokomotiv fk

O‘zbekiston Superligasining 27-turida «Lokomotiv» safarda «Andijon» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsning 5-daqiqasida Aleksandr Shushnyar avtogol muallifiga aylanib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada Nikolay Ivanov «Lokomotiv»ni oldinga olib chiqdi. 56-daqiqada Suhrob Nurulloyev Sardor Mirzayev uzatmasidan so‘ng yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Lokomotiv» 45 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Andijon» esa 31 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

Superliga. 27-tur
Andijon — Lokomotiv 1:3
Gollar: Shushnyar 5 (avtogol) — Abduxoliqov 8 (Nurulloyev), Ivanov 48, Nurulloyev 56 (Mirzayev).
Ogohlantirish: Reimov 45+3.

Andijon: Potapov, Andronikashvili, Chalasan, Turg‘unboyev, Temirov (Erqinboyev, 78), Ismonaliyev, Toirov, Boake, Sulaymonov, Karimov (Xoldorxonov, 64), Turdimurodov (Iminov, 46).
Lokomotiv: Kozlov, Tupliyev (Shodiboyev, 68), Nurulloyev (Yaxshiboyev, 68), Abduxoliqov (Ibraimov, 89), Ivanov, Shushnyar, Mirzayev (Abrayev, 81), Kucherenko, Poyonov, Zoteyev, Reimov (Turopov, 68).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting