locale OZ

Aleks Skott APL grandlari qiziqish doirasida

Futbolchining «Bornmut» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Futbol
Aleks Skott APL grandlari qiziqish doirasida
Photo: Getty Images

«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott Angliya Premyer-ligasining yetakchi klublari transfer ro‘yxatidan joy oldi.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga «Liverpul», «Chelsi» va «Arsenal» qiziqish bildirmoqda.

Top-klublarning yarim himoyachiga bo‘lgan e’tibori tobora kuchayib bormoqda. Shu bois yaqin oylarda uning transferi uchun kurash yanada qizg‘in tus olishi kutilmoqda.

Skott joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Bornmut» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting