A Seriya. «Inter» mehmonda «Bolonya»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi
A Seriya. «Inter» mehmonda «Bolonya»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi
Kivu jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng peshqadamlikni mustahkamladi.
Italiya chempionati 7-turida «Inter» cafarda «Bolonya» bilan bellashdi. Unda amaldagi chempion 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Dastlab Pogeba mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik Tyuram, Karlos Augusto va Bonni gollarga mualliflik qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Inter» 19 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. «Bolonya» esa 5 ochko to‘plab, 14-pog‘onada bormoqda.
A Seriya. 7-tur
Bolonya — Inter 1:3
Gollar: Pobega 10 – Tyuram 44, Karlos Augusto 69, Bonni 84
Bolonya – Ckorupski, Teat, Darmian, Kazale, Pobega (Moro, 76), Zortea, Fergyuson, Miranda, Pikkoli E(Enem, 30), Bernardeski, Kambyagi (Dovbik, 76).
Inter – Xosep Martines, Bissek, Akanji, Bastoni, Enrike, Dimarko, Barella, Zelinski (Chalxono‘g‘li, 79), Suchich, Espozito (Bonni, 58), Tyuram (Mxitaryan, 79).