locale OZ

La Liga. «Atletiko» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Espanyol»ni mag‘lub etdi

Bittagina gol bahs taqdirini hal qildi.
La Liga. «Atletiko» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Espanyol»ni mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Ispaniya chempionatining 9-turida «Atletiko» safarda «Espanyol»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bellashuv davomida mezbonlar o‘z maydonidagi ustunlikdan foydalanishga harakat qildi. Biroq madridliklar raqib hujumlarini qaytarib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

G‘alaba goli 90-daqiqada kiritildi. Xulian Alvaresning uzatmasidan so‘ng Aleks Baena aniq zarba bilan «Atletiko»ga g‘alaba keltirdi.

La Liga. 9-tur
Espanyol — Atletiko 0:1
Gol:
Baena 90.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting