locale OZ

«Inter» Chempionlar Ligasida ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

«Inter» so‘nggi yillarda ikki marta Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Chempionlar Ligasida ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qildi
Фото: Getty Images

«Inter» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida o‘z maydonida «Bryugge»ga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, milanliklar Yevropaning eng nufuzli klublar turniridagi muvaffaqiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Milan klubi Yevropa chempionlar kubogi va Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor ketma-ket to‘rtta bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa ushbu mavsumdagi turnirni Madridning «Real» klubiga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat bilan boshlagan edi.

Ma’lumot uchun, «Inter» o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining ilk raundidayoq Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubiga ikki bor yutqazib, musobaqani tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» so‘nggi yillarda ikki marta Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting