locale OZ

A Seriya. «Komo» va «Roma» bahsida g‘olib aniqlanmadi

Bellashuvda jamoalar gol ura olmadi.
A Seriya. «Como» va «Roma» bahsida g‘olib aniqlanmadi
Фото: Getty Images
Italiya A seriyasi
11.10.2026, Yak.
Komo
0
Roma
0

Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan «Komo» va «Roma» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi — 0:0.

Jamoalar har ikki bo‘limda ham raqib darvozasini ishg‘ol eta olishmadi. 53-daqiqada A Seriyaning eng yaxshi to‘purari Doniell Malen to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, «Roma»ni bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur qildi.

«Roma» mavsumdagi oltinchi uchrashuvidan so‘ng o‘z ochkolari sonini 14 taga yetkazdi. Rimliklar chempionat turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Inter» bilan oradagi farq esa ikki ochkoni tashkil etmoqda.

«Komo» esa 11 ochko bilan A Seriya turnir jadvalining oltinchi pog‘onasidan joy olgan.

A Seriya. 6-tur
«Komo» - «Roma» 0:0

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting