A Seriya bu mavsumida ilk bor 0:0 hisobi qayd etildi
A Seriyada 1949-yildan buyon ilk bor mavsumning 54-o‘yiniga qadar 0:0 hisobi qayd etilmadi.
Фото: Getty Images
Italiya A seriyasi
11.10.2026, Yak.
Komo
0
Roma
0
A Seriyaning navbatdagi turida «Komo» va «Roma» o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Rimliklar 53-daqiqada Donyell Malen chetlatilgach, o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.
Qizig‘i, bu natija ushbu mavsumdagi ilk golsiz durang bo‘ldi. Bungacha o‘tkazilgan 53 ta uchrashuvning barchasida kamida bitta gol urilgan edi.
Qayd etilishicha, A Seriyada 1949-yildan buyon ilk bor mavsumning 54-o‘yiniga qadar 0:0 hisobi qayd etilmadi. O‘shanda dastlabki golsiz durang 60-uchrashuvda kuzatilgan.