locale OZ

Kivu: «Chempionlar ligasidagi g‘alabani pulga sotib olib bo‘lmaydi»

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu UYEFA Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish uchun katta mablag‘ sarflashning o‘zi yetarli emasligini ta’kidladi.
Kivu: «Chempionlar ligasidagi g‘alabani pulga sotib olib bo‘lmaydi»
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
13.10.2026, 15.00
Inter
-
Club Brugge
-

Kivu: «Chempionlar ligasidagi g‘alabani pulga sotib olib bo‘lmaydi»

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu UYEFA Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish uchun katta mablag‘ sarflashning o‘zi yetarli emasligini ta’kidladi.

Ruminiyalik mutaxassisning fikricha, nufuzli musobaqada g‘olib chiqishni hech qanday moliyaviy imkoniyat, futbolchi yoki murabbiy kafolatlay olmaydi. Maqsadga erishishda eng muhim omil — tinimsiz mehnat.

«Klubimizning maqomi oldimizga qo‘yilgan har bir vazifani bajarishga intilishimizni talab qiladi. Orzular haqida gap ketganda, ularning barchasi albatta amalga oshishi shart emas. Biroq buning uchun astoydil mehnat qilish kerak.

Orzular haqida gapirish butun musobaqada g‘olib chiqishni va’da qilish degani emas. Ammo bunday yuksak maqsad sari intilish bizning mas’uliyatimizga kiradi», — deya Kivuning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Shuningdek, «Inter» ustozi Chempionlar ligasida g‘olib chiqishda mablag‘dan ko‘ra mehnat va jasorat muhimroq ekanini ta’kidladi.

«Chempionlar ligasidagi g‘alabani pulga sotib olib bo‘lmaydi. Dunyoda g‘alabani kafolatlay oladigan na futbolchi, na murabbiy bor.

Jasoratli bo‘lish kerak, ammo eng muhimi — bajarilgan ish va qilingan mehnat», — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» 13 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida o‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge» klubini qabul qiladi.

Milanliklar musobaqadagi ilk uchrashuvida Madridning «Real» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting