Proliga. «G‘azalkent» o‘z uyida «Sho‘rtan»dan ustun keldi
«Sho‘rtan» esa 46 ochko bilan 2-pog‘onada qoldi.
Фото: Ғазалкент
Proliganing 23-turida «G‘azalkent» o‘z maydonida «Sho‘rtan»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
19-daqiqada Muhammadaziz Ro‘ziboyev mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Muhammad-Ali Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi. 55-daqiqada Lazizbek Mirzayevning goli «G‘azalkent»ga g‘alaba keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng «G‘azalkent» 41 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Sho‘rtan» esa 46 ochko bilan 2-pog‘onada qoldi.
Proliga. 23-tur
G‘azalkent — Sho‘rtan 2:1
Gollar: Ro‘ziboyev 19, Mirzayev 55 — Abdurahmonov 23.