APL. Husanov zaxiradan maydonga tushgan bahsda «Manchester City» «Ipswich»dan ustun keldi
Abduqodir Husanov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Фото: Getty Images
Angliya Premyer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «shaharliklar» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Angliya Premyer-ligasining 7-turi doirasida «Manchester City» o‘z maydonida «Ipswich Town»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.
76-daqiqada «Manchester City» himoyachisi Mateush Nunes jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o‘rniga O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov o‘yinga qo‘shildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester City» 21 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Ipswich» esa 9 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.