locale OZ

OFK delegatsiyasi Milliy futbol markazi va Yangi Toshkentdagi stadion bilan tanishdi

OFK delegatsiyasi Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ham koʻzdan kechirdi.
OFK delegatsiyasi Milliy futbol markazi va Yangi Toshkentdagi stadion bilan tanishdi
Фото: ЎФА

Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi Milliy futbol markazida joylashgan VAR markazi faoliyati, raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda tibbiyot markazi faoliyati bilan bilan tanishdi.

Shuningdek, OFK delegatsiyasi Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ham koʻzdan kechirdi.

Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa oʻz navbatida ushbu sport infratuzilmasini yuksak baholab, Oʻzbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va yaratilayotgan zamonaviy sharoitlarni eʼtirof etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting