locale OZ

APL. «Chelsi» «Everton»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi

Emiliano Martines raqib futbolchisi bilan to‘qnashuv natijasida boshidan jarohat oldi.
APL. «Chelsi» «Everton»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Getty Images

«Chelsi» Angliya Premyer-ligasining 2026/27-yilgi mavsumi 7-turi doirasida safarda «Everton»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Londonliklar safida Pedru Netu dubl qayd etdi. Portugaliyalik futbolchi uchrashuvning 46 va 90-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

66-daqiqada mehmonlar darvozaboni Emiliano Martines raqib futbolchisi bilan to‘qnashuv natijasida boshidan jarohat oldi. 34 yoshli posbon zambilda maydondan olib chiqildi va uning o‘rnini Mayk Penders egalladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Chelsi» ochkolari sonini 13 taga yetkazib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. 10 ochkoga ega «Everton» esa oltinchi pog‘onaga tushdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting