Ispaniya chempionati o‘yinlarining 9-daqiqasida futbolchilar marhum hujumchini xotirlaydi
Ispaniya futbolida “Tenerife” hujumchisi Xesus de Migelning vafoti ortidan navbatdagi qaror qabul qilindi. La Liga va Segunda divizioni uchrashuvlari rejalashtirilgan tartibda o‘tkaziladi, biroq marhum futbolchiga maxsus hurmat ko‘rsatiladi. Bu haqda 6-noyabr kuni Idman.biz xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya futbolchilari assotsiatsiyasi fojia sabab navbatdagi tur uchrashuvlarini kechiktirishni so‘ragan. Biroq musobaqa tashkilotchilari aksariyat o‘yinlarni o‘z vaqtida o‘tkazishga qaror qilgan.
Uchrashuvlardan oldin bir daqiqalik sukut saqlanadi. Shuningdek, bahslarning to‘qqizinchi daqiqasida futbolchilar marhum hujumchini xotirlash uchun o‘yinni vaqtincha to‘xtatadi. Bir nechta uchrashuv esa boshqa muddatga ko‘chirilgan.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Xesus de Migel 2-noyabr kuni “Andorra”ga qarshi uchrashuvda darvozabon bilan to‘qnashib ketgan. Futbolchi ertasi kuni shifoxonada vafot etgan edi.