locale OZ

Stiven Tompson RAF ligasida debyut qilishi mumkin

UFC sobiq chempioni Kris Vaydman Tompsonga Amerikaning Real American Freestyle (RAF) ligasida ishtirok etishni taklif qilgan.
Boshqa sport turlari
Stiven Tompson RAF ligasida debyut qilishi mumkin
Foto: Getty Images

UFC'ning tajribali jangchilaridan biri Stiven “Wonderboy” Tompson MMA faoliyatidan keyin professional erkin kurash musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sherdog nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, UFC sobiq chempioni Kris Vaydman Tompsonga Amerikaning Real American Freestyle (RAF) ligasida ishtirok etishni taklif qilgan. Jumladan, dekabr oyida Sharlott shahrida tashkil etiladigan turnir varianti muhokama qilingan.

Tompson ushbu taklifga qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, kurash bo‘yicha musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rishi uchun vaqt kerakligini ta’kidlagan. Shu sababli uning RAF ligasidagi debyuti hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 43 yoshli Stiven Tompson MMA faoliyati davomida o‘zining karate texnikasi va tik holatda jang olib borish mahorati bilan tanilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting