locale OZ

«Bavariya» Havertzga qiziqish bildirmoqda

«Arsenal» Kai transferi uchun 75–85 million yevro talab qilmoqda.
Futbol
«Bavariya» Havertzga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kai Havertz faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, «kanonirlar» hujumchisi Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqishlari doirasiga tushgan. Germaniya chempioni hujum chizig‘ida jarohat sababli bir necha oyga safdan chiqqan Garri Keynning o‘rnini bosa oladigan futbolchini izlamoqda.

O‘z navbatida, «Arsenal» Kai Havertz transferi uchun 75–85 million yevro talab qilmoqda.

27 yoshli hujumchi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting