locale OZ

Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jangning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Ikki britaniyalik bokschi o‘rtasidagi jang Kardiff shahridagi “Principality Stadium”da tashkil etiladi.
Boks
Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jangning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempionlari Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jangning boshlanish vaqti bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi. Kardiff shahri mutasaddilari boks oqshomini tungi vaqtda o‘tkazishga ruxsat berdi.

“Principality Stadium” direktori Mark Uilyamsning so‘zlariga ko‘ra, bokschilarning ringga chiqishi mahalliy vaqt bilan 12-dekabr kuni soat 01:00 ga rejalashtirilgan. Jang esa taxminan yarim soatdan keyin boshlanishi kutilmoqda.

Shunga ko‘ra, o‘zbekistonlik boks muxlislari Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi to‘qnashuvni 12-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 06:30 da tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ikki britaniyalik bokschi o‘rtasidagi jang Kardiff shahridagi “Principality Stadium”da tashkil etiladi. Ushbu to‘qnashuv professional boks muxlislari tomonidan uzoq yillardan buyon kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting