«Liverpul» va «Arsenal» meksikalik iqtidor uchun kurashishi mumkin
18 yoshli yarim himoyachi 2024-yilning yozidan buyon «Tixuana» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Foto: Getty Images
«Tixuana» klubiga tegishli bo‘lgan meksikalik vingер Xilberto Mora faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Iqtidorli futbolchining APLda faoliyat olib borishi uchun ikkita varianti bor. Unga «Liverpul» va Angliyaning amaldagi chempioni «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. Xilberto Moraning transferi qishki transfer oynasida amalga oshirilishi ham mumkin.
18 yoshli yarim himoyachi 2024-yilning yozidan buyon «Tixuana» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali meksikalik futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.