Shevale «PSJ»dan ketishga qaror qildi
Darvozabon 2025-yil yozida "PSJ"ga qo‘shilganidan beri jami 26 ta o‘yinda qatnashgan.
Futbol
Фото: Getty Images
"PSJ" darvozaboni Luka Shevalye qishki transfer oynasida jamoasini almashtirish niyatida.
L'Equipe jurnalisti Loik Tanzining xabar berishicha, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan fransiyalik posbon yanvar oyidayoq parijliklar bilan xayrlashishga tayyor. Ammo klub rahbariyati faqat uning o‘rniga boshqa darvozabon topilgan taqdirdagina transferga rozilik beradi.
Shevalye so‘nggi marta 23-yanvar kuni “Oser”ga qarshi bahsda (1:0) maydonga tushgan. Shundan beri u Parij klubi safida bir daqiqa ham o‘ynamagan.
Darvozabon 2025-yil yozida "PSJ"ga qo‘shilganidan beri jami 26 ta o‘yinda qatnashgan.