locale OZ

Rasman! Daniel Dyubua va Jozef Parker chempionlik kamari uchun jang qiladi

Mazkur chempionlik jangi 2027-yilning 30-yanvar kuni Angliyaning Manchester shahridagi “Co-op Live” arenasida tashkil etiladi.
Boks
Rasman! Daniel Dyubua va Jozef Parker chempionlik kamari uchun jang qiladi
Foto: Getty Images

Superog‘ir vazn toifasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Daniel Dyubuaning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. Britaniyalik bokschi yangi zelandiyalik sobiq jahon chempioni Jozef Parkerga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda Queensberry Promotions matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur chempionlik jangi 2027-yilning 30-yanvar kuni Angliyaning Manchester shahridagi “Co-op Live” arenasida tashkil etiladi. Boks oqshomi DAZN platformasi orqali namoyish etiladi.

Taniqli promouter Frenk Uorren ikki bokschi o‘rtasidagi to‘qnashuv muxlislar tomonidan uzoq kutilgan janglardan biri ekanini ta’kidladi. Dyubua mazkur bahsda WBO chempionlik kamarini ikkinchi bor himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Daniel Dyubua professional boks faoliyati davomida 24 ta g‘alaba, jumladan, 23 ta nokaut va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Jozef Parker esa 2016–2018-yillarda WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting