Donnarumma: «Bu bizni buyuk maqsadlarga yetaklashi mumkin»
Italiyalik darvozabon jamoasining muvaffaqiyatiga ishonadi.
Futbol
Фото: Getty Images
“Manchester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarumma Angliya jamoasining salohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz kuchli jamoamiz. Bu taslim bo‘lmaydigan, ushbu klub va uning libosi uchun bor kuchini beradigan jamoa. Menimcha, eng muhimi ham shu. Bu esa bizni buyuk maqsadlarga yetaklashi mumkin", — deya italiyalik darvozabonning so‘zlarini City Xtra keltiradi.
Angliya chempionati doirasidagi so‘nggi to‘rtta uchrashuvda Enzo Mareska jamoasi birorta ham g‘alabaga erisha olmadi. Hozirda “shaharliklar” turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda va “Brayton” hamda “Arsenal”dan ortda qolmoqda. “Manchester Siti” 11 ta turdan so‘ng 22 ochko to‘plagan.