locale OZ

Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Verjil Ortisning raqibi o‘zgardi

Jarohat sabab jangdan chiqqan Kit Turman o‘rniga Brayan Mendosa tanlandi.
Boks
Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Verjil Ortisning raqibi o‘zgardi
Foto: Getty Images

Amerikalik professional bokschi Verjil Ortisning 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan jangdagi raqibi o‘zgardi. Jarohat sabab jangdan chiqqan Kit Turman o‘rniga Brayan Mendosa tanlandi. Bu haqda dastlab The Ring nashri jurnalisti Mayk Koppinger xabar berdi.

Mazkur o‘zgarish keyinchalik Butunjahon boks kengashi (WBC) tomonidan ham tasdiqlandi. Mendosa dastlab ushbu boks oqshomida Erik Pristga qarshi jang qilishi rejalashtirilgan edi.

Ortis va Mendosa o‘rtasidagi to‘qnashuv AQSHning Arizona shtatidagi Glendeyl shahrida tashkil etiladigan boks oqshomining ikkinchi asosiy jangi bo‘ladi. Oqshomning markaziy jangida David Benavides polshalik Mixal Seslakka qarshi ringga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Verjil Ortis professional faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 22 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Mendosa hisobida esa 23 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat mavjud.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting