locale OZ

Ramazon Temirov UFC reytingida uch pog‘ona pastladi

Uning so‘nggi raqibi, britaniyalik Loner Kavana esa reytingda yuqorilab, kuchli oltilikka kirdi.
Boshqa sport turlari
Ramazon Temirov UFC reytingida uch pog‘ona pastladi
Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirov UFC tashkilotining yangilangan reytingida o‘z o‘rnini yo‘qotdi. Abu Dabida o‘tkazilgan UFC 333 turniridagi mag‘lubiyatdan so‘ng hamyurtimiz eng yengil vazn toifasida uch pog‘ona pastladi. Bu haqda UFC tashkilotining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Temirov avvalgi reytingda yettinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, yangilangan ro‘yxatda o‘ninchi pog‘onaga tushdi. Uning so‘nggi raqibi, britaniyalik Loner Kavana esa reytingda yuqorilab, kuchli oltilikka kirdi.

Temirov UFC 333 turnirida Loner Kavanaga qarshi oktagonga ko‘tarilgan edi. Biroq jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Britaniyalik sportchi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, o‘zbekistonlik jangchining muvaffaqiyatli seriyasiga yakun yasadi.

Ma’lumot uchun, Ramazon Temirov UFCning eng yengil vazn toifasida ishtirok etadi. Ushbu divizionning amaldagi chempioni Joshua Van hisoblanadi. Temirov mag‘lubiyatga qaramay, vazn toifasining eng kuchli o‘nta jangchisi safida qolmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting