locale OZ

Harri Keynga ritsarlik unvoni berilishi mumkin

Buyuk Britaniya bosh vaziri idorasi futbolchining tarixiy muvaffaqiyatini yuqori baholadi.
Futbol
Harri Keynga ritsarlik unvoni berilishi mumkin
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasi sardori va “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritganidan keyin ritsarlik unvoniga munosib ko‘rilishi mumkin. Buyuk Britaniya bosh vaziri idorasi futbolchining tarixiy muvaffaqiyatini yuqori baholadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bosh vazir Endi Byornhemning matbuot kotibi Keynning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishini mamlakat futboli uchun ulkan yutuq deb atagan. Uning ta’kidlashicha, Angliya 25 yildan buyon ushbu mukofotni qo‘lga kiritmagan edi. Keynning muvaffaqiyati esa yosh futbolchilar uchun muhim namuna bo‘lishi mumkin.

Matbuot kotibidan futbolchiga ritsarlik unvoni berilishi ehtimoli haqida ham so‘ralgan. U Keyn ingliz futboli rivojiga katta hissa qo‘shganini ta’kidlagan, biroq mukofotlash jarayoniga oldindan baho berishni istamagan. Shu sababli hujumchiga ushbu unvon topshirilishi haqida hozircha rasmiy qaror qabul qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2018-yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin Britaniya imperiyasi ordeni a’zosi — MBE unvoni bilan taqdirlangan. 2026-yilda u 2001-yildagi Maykl Ouendan keyin “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan ilk angliyalik futbolchiga aylandi. Avvalroq Devid Bekhem va Garet Sautgeyt ham ritsarlik unvoniga sazovor bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting