locale OZ

Mourinyo “Liverpul” yulduzini “Real Madrid”ga olib kelmoqchi — OAV

“Real Madrid” rahbariyati kelgusi transfer oynalari uchun rejalar tuzishni boshlagan.
Futbol
Mourinyo “Liverpul” yulduzini “Real Madrid”ga olib kelmoqchi — OAV
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Liverpul” futbolchisi Aleksis Makallisterni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Argentinalik futbolchining nomzodini bosh murabbiy Joze Mourinyo ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Sky Sport Germaniya nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” rahbariyati kelgusi transfer oynalari uchun rejalar tuzishni boshlagan. Klubning asosiy maqsadlaridan biri markaziy yarim himoyaga tajribali futbolchi jalb etish hisoblanadi. Mourinyo Makallisterning jismoniy kuchi, to‘p uchun kurashdagi ustunligi va o‘yin tempini boshqarish qobiliyatini yuqori baholamoqda.

Madridliklar futbolchining “Liverpul”dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq argentinalik yarim himoyachi mersisaydliklarning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgani sababli transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligi mumkin. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Aleksis Makallister 2023-yilda “Brayton”dan “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Argentinalik futbolchi “Liverpul” safida hozirgacha 162 ta uchrashuvda 23 ta gol urib, 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting