locale OZ

“Real Madrid” va “Barselona” Harri Keynni transfer qilishga uringan — Romano

Har ikki klub angliyalik hujumchining vakillari bilan bog‘langan.
Futbol
“Real Madrid” va “Barselona” Harri Keynni transfer qilishga uringan — Romano
Foto: Getty Images

Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” klublari 2026-yilgi “Oltin to‘p” sohibi Harri Keynni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Har ikki klub angliyalik hujumchining vakillari bilan bog‘langan. Bu haqda taniqli transfer insayderi Fabrisio Romano o‘zining YouTube kanalida xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Madrid va Kataloniya klublari o‘tgan yozgi mavsumoldi tayyorgarlik davrida Keynning transferiga qiziqish bildirgan. Biroq futbolchi tomoni “Bavariya” bilan amaldagi shartnomaga e’tibor qaratayotganini ma’lum qilgan. Shu sababli muzokaralar jiddiy bosqichga o‘tmagan.

Romanoning ta’kidlashicha, Keyn Germaniya klubida qolishni istagan va boshqa jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lmagan. Natijada Ispaniyaning ikki grand klubi hujumchini transfer qilish borasida keyingi qadamlarni tashlamagan.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023-yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga o‘tgan. Angliyalik hujumchi 2026-yilda faoliyatida ilk bor “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting