locale OZ

La Liga “El-Klasiko”dagi 17 ta noxush holat yuzasidan shikoyat yubordi

Uchrashuv davomida muxlislarning haqoratli hayqiriqlari va maydonga turli buyumlar uloqtirilgani qayd etilgan.
Futbol
La Liga “El-Klasiko”dagi 17 ta noxush holat yuzasidan shikoyat yubordi
Foto: Getty Images

Ispaniya La Ligasi “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi “El-Klasiko”da yuz bergan tartibsizliklar bo‘yicha intizomiy organlarga murojaat qildi. Uchrashuv davomida muxlislarning haqoratli hayqiriqlari va maydonga turli buyumlar uloqtirilgani qayd etilgan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, La Liga tegishli qo‘mitalarga jami 17 ta holat aks etgan hisobot taqdim qilgan. Shulardan o‘ntasi “Barselona”, yettitasi esa “Real Madrid” muxlislari bilan bog‘liq. O‘yin davomida futbolchilar va raqib jamoa sha’niga haqoratli hayqiriqlar yangragan.

Ayniqsa, madridliklarning ikkinchi goli nishonlangan paytda vaziyat keskinlashgan. Tribunadan maydonga shisha idishlar, zajigalkalar va boshqa buyumlar uloqtirilgan. Bundan tashqari, “Barselona” muxlislaridan biri Eduardo Kamavingaga bayroq dastasi bilan zarba bergani ham hisobotga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “El-Klasiko”da “Real Madrid” safarda “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan. Madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe ikkita gol muallifiga aylangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting