locale OZ

Javohir Sindorov xalqaro shaxmat turnirini mag‘lubiyatsiz boshladi

Hamyurtimiz oltita partiyada 3,5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Boshqa sport turlari
Javohir Sindorov xalqaro shaxmat turnirini mag‘lubiyatsiz boshladi
Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov AQSHning Sent-Luis shahrida o‘tkazilayotgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirining dastlabki kunini muvaffaqiyatli yakunladi. Hamyurtimiz oltita partiyada 3,5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda Chess.com nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Sindorov musobaqaning birinchi kunida birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaani mag‘lub etgan va qolgan beshta partiyasini durang bilan yakunlagan. O‘zbekistonlik shaxmatchi dastlabki g‘alabasini qora donalarda qo‘lga kiritgan.

Turnir jadvalida amerikalik Hikaru Nakamura to‘rt ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Sindorov undan atigi yarim ochko ortda bormoqda. Uchinchi o‘rinni Fabiano Karuana, to‘rtinchi pog‘onani esa Praggnanandhaa egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Clutch Chess: Champions Showdown turniri 27–29-oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada to‘rt nafar grossmeyster ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar tezkor shaxmat formatida tashkil etilgan bo‘lib, keyingi kunlarda g‘alaba uchun beriladigan ochkolar qiymati oshib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting