locale OZ

Egor Bolotov 100 metrga orqaga suzish dasturida jahon chempioniga aylandi

Egor kecha 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ega chiqqandi/
Boshqa sport turlari
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Egor Bolotov 100 metrga orqaga suzish dasturida jahon chempioniga aylandi
ФОТО: Olympic.uz

Singapur mezbonligidagi para suzish bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Egor Bolotov oltin medalga ega chiqdi.

S13 toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz 100 m masofaga orqaga suzish dasturida 58.97 soniyada marraga yetib bordi va barcha raqiblaridan ustun kelib, termamiz hisobiga ikkinchi medalni taqdim etdi.

Jahon chempionati
Erkaklar o‘rtasida 100 m masofaga orqaga suzish (S13 klass)

1. Egor Bolotov (O‘zbekiston) — 58.97
2. Tomas van Vaanroy (Niderlandiya) — 59.35
3. Oleksiy Virchenko (Ukraina) — 59.45

Egor kecha 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ega chiqqandi. Biroz avval yakunlangan ayollar o‘rtasida 100 m masofaga orqaga suzish finalida vakilimiz Mubinanbonu Xalilova (S13) yettinchi bo‘ldi. Oldinda Sardor Baxtiyorov (S7) ishtirokidagi hal qiluvchi bahs kutmoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting