locale OZ

Dvalishvili Usmon Nurmagomedov va uning jamoasi bilan mushtlashib qolganini ma’lum qildi

Voqea Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Dvalishvili Usmon Nurmagomedov va uning jamoasi bilan mushtlashib qolganini ma’lum qildi
Фото: Getty Images

UFC sobiq chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili yuzi qonga belangan holda video e’lon qildi.

Unda sportchi do‘sti bilan birga Abu-Dabida PFL tashkilotining yengil vazndagi (70 kg gacha) amaldagi mag‘lubiyatsiz chempioni, rossiyalik Usmon Nurmagomedov va uning jamoasi bilan mushtlashib qolganini aytdi.

«Ha, sizlar juda ayyor ekansizlar. Abu-Dabida men va do‘stim ikki kishi edik. Usman Nurmagomedov va uning do‘stlari ortimizdan kelib qolishdi. Gaplashish o‘rniga mushtlashishni tanladinglarmi? Bu nima degan gap?

Sizlar ayyor va makkor odamlar ekansizlar. Bu sizlarning qanday xarakterga ega ekaningizni ko‘rsatadi. Sizlar haqiqiy jangchi ham, erkak ham emassizlar. Nima baloga?

Agar urishmoqchi bo‘lsangiz, marhamat, kurashamiz. Axir biz jangchilarmiz. Gaplashmoqchi bo‘lsangiz, gaplashamiz. Lekin sizlar ortdan hujum qildingiz. U yerda nechta odam bo‘lganingizni ham bilmayman. Barcha do‘stlaringiz makkor ekan.

Men sizlarning kimligingizni avvaldan bilardim. Abu-Dabiga endigina yetib kelgandim. Usmon, Umar va ularning do‘stlari ko‘pchilik bo‘lib ortimizdan hujum qilishdi. Ammo mening ahvolim yaxshi, men jangchiman. Yana bir bor aytaman, bu voqea aslida kim ekaningizni ko‘rsatdi. Biz haqiqiy erkaklardek jang qildik, sizlar esa...» — dedi Dvalishvili o‘z video murojaatida.

Ma’lumot uchun, Usmon Nurmagomedov professional MMA faoliyati davomida 22 ta g‘alabaga erishgan. Uning 16 ta g‘alabasi muddatidan oldin yakunlangan. Rossiyalik jangchi hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting