locale OZ

Turkiya chempionati. Shomurodov va Fayzullayev gol urgan bahsda «Bashakshehir» g‘alaba qozondi

«Istanbul Bashakshehir» «Samsunspor» darvozasiga 5 ta gol urdi.
Futbol
Turkiya chempionati. Shomurodov va Fayzullayev gol urgan bahsda «Bashakshehir» g‘alaba qozondi
photo: gettyimages
Turkiya Superligasi
01.11.2026, Yak.
Istanbul Bashakshahar
5
Samsunspor
2

Turkiya chempionatining 10-turida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Samsunspor»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Eldor Shomurodov 10-daqiqada hisobni ochdi. Abbosbek Fayzullayev esa zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng, 90+1-daqiqada gol urdi.

Shuningdek, mezbonlar safida 25-daqiqada Andreas Skov Olsen, 41-daqiqada Bayram va 75-daqiqada Ba raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ushbu natijadan so‘ng «Istanbul Bashakshehir» 14 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Samsunspor» esa 4 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

Turkiya chempionati. 10-tur
Istanbul Bashakshehir — Samsunspor 5:2
Gollar: Shomurodov 10, Skov Olsen 25, Bayram 41, Ba 75, Fayzullayev 90+1.

Istanbul Bashakshehir: Muhammed, Karbounik, Emin, Ba, Saba, Kaluzinski, Kamne, Brnich (Fayzullayev, 78), Olsen (Sari, 78), Shomurodov (Visca, 83), Selke (Yildirim, 67).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting