locale OZ

Milliy terma jamoaga nomzod futzalchilar 2–10-noyabr kunlari Toshkent shahrida mashg‘ulotlar olib borishadi

Yig‘in doirasida qo‘shni Tojikiston milliy terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Futbol
Milliy terma jamoaga nomzod futzalchilar 2–10-noyabr kunlari Toshkent shahrida mashg‘ulotlar olib borishadi
photo: UFF

Noyabr oyining dastlabki o‘n kunligi FIFA kunlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston futzal federatsiyasining Terma jamoalar bilan ishlash departamenti tomonidan ushbu muddatda milliy terma jamoamiz uchun navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini hamda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Milliy terma jamoaga nomzod futzalchilar 2–10-noyabr kunlari Toshkent shahrida, O‘FA tasarrufidagi Terma jamoalar markazining sport zalida mashg‘ulotlar olib borishadi.

Yig‘in doirasida qo‘shni Tojikiston milliy terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Dastlabki bahs 8-noyabr kuni tomonlarning kelishuviga muvofiq Terma jamoalar markazida yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi uchrashuv esa 10-noyabr kuni soat 18:00 da “Yunusobod” sport majmuasida tomoshabinlar ishtirokida o‘tkaziladi.

Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi mazkur yig‘inga jami 22 nafar futzalchini jalb etdi. Ularning 4 nafari darvozabon, 5 nafari himoyachi, 9 nafari qanot o‘yinchisi va 4 nafari hujumchi hisoblanadi. Shuningdek, ro‘yxatdan 5 nafar yoshlar terma jamoasi a’zosi ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘iniga jalb etilgan futzalchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
Abbos Elmurodov (BMB)
Abbos O‘lmasbekov (BMB)
Jasurbek Rizbonov (Nasaf)
Shohjahon Zamirxonov (BMB)

Himoyachilar:
Ilhom Hamroyev (SQB)
Anasxon Rahmatov (Nasaf)
Sunnatilla Jo‘rayev (Nasaf)
Jamoliddin Sattorov (BMB)
Fazliddin Botirov (Maksam-Chirchiq)

Qanot o‘yinchilari:
Husniddin Nishonov (BMB)
Muhammadali Xusanboyev (BMB)
Tohirbek Abdukarimov (Maksam-Chirchiq)
Davron Choriyev (Olmaliq)
Quvonchbek Jaxonov (Nasaf)
Asilbek Vafoyev (BMB)
Behruz Samiyev (Xorazm)
Eldor Nigmatov (Xorazm)
Abdulboriy Ilyosov (SQB)

Hujumchilar:
Abror Axmedzyanov (SQB)
Begzod Mirqosimov (BMB)
Muzaffar Abdukarimov (Olmaliq)
Javohirbek Abdulvosiyev (BMB)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting