«Liverpul» van Deykka o‘rinbosar izlamoqda
«Liverpul» rahbariyati tajribali niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deykning o‘rniga munosib futbolchi izlamoqda. Bu haqda The Daily Briefing jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar e’tiborini ikki nafar himoyachiga qaratgan. Bular Dortmundning «Borussiya» klubi a’zosi Niko Shlotterbek hamda «Nottingem Forest» futbolchisi Murillo hisoblanadi.
Van Deyk 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. 35 yoshli himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Transfermarkt portali niderlandiyalik futbolchining bozor qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda.
Joriy mavsumda Van Deyk Angliya chempionatida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita sariq kartochka oldi.