locale OZ

“O‘FF Prezidenti kubogi” ishtirokchilari uchun transfer oynasi ochildi

2026/2027-yilgi mavsum uchun qur`a tashlash marosimi 6-noyabr kuni o’tkaziladi.
Futbol
“O‘FF Prezidenti kubogi” ishtirokchilari uchun transfer oynasi ochildi
photo: UFF

O‘zbekiston futzal federatsiyasi havaskor jamoalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi – 2026/2027” musobaqasi ishtirokchilari uchun transfer oynasi rasman ochilganini ma’lum qiladi.

2026-yil 1-noyabrdan boshlab jamoalarga o‘z tarkiblarini kuchaytirish va yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 5 kun muddat beriladi.

Transfer davrida 2026/2027-yilgi mavsum uchun Oliy va Birinchi liga futzal klublari safida ro‘yxatdan o‘tmagan barcha o‘yinchilarni jamoalar tarkibiga qo‘shib olish mumkin.

Shuningdek, barcha jamoalarga qo'yiladigan asosiy talab: umumiy tarkibdagi o'yinchilarning kamida 3 (uch) nafari 2009-yil va undan keyin tug'ilgan yoshlardan iborat bo'lishi lozim.

Transfer oynasi muddati:

1-noyabr, soat 16:00 dan
5-noyabr, soat 23:59 gacha

P.S.:
2026/2027-yilgi mavsum uchun qur`a tashlash marosimi 6-noyabr kuni o’tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting