locale OZ

«Bavariya» ikki nafar futbolchisini yo‘qotdi

Har ikki futbolchi «Borussiya»ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Futbol
«Bavariya» ikki nafar futbolchisini yo‘qotdi
Фото: Getty Images

«Bavariya» yarim himoyachi Ismael Saybari va hujumchi Serj Gnabri xizmatlaridan ma’lum muddat foydalana olmaydi. Bu haqda Myunxen klubining rasmiy sayti xabar berdi. Biroq futbolchilarning maydonga qaytish muddati hozircha aniq emas.

Har ikki futbolchi shanba kuni Bundesliganing Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi uchrashuvida jarohat oldi. Mazkur bahs 2:2 hisobida yakunlangan edi.

Saybariga o‘ng oyoq to‘pig‘i boylamlarining uzilishi tashxisi qo‘yildi. Marokashlik futbolchi allaqachon muvaffaqiyatli operatsiyani boshdan kechirgan.

Gnabri esa chap son orqa qismi mushaklaridan jarohat olgan.

Dortmundliklar bilan durangdan so‘ng «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting