locale OZ

Veron Argentinaning eng kuchli klubini aytdi

Xuan 2017-yilda professional faoliyatini yakunlagan.
Futbol
Veron Argentinaning eng kuchli klubini aytdi
Фото: Getty Images

«Estudiantes» prezidenti Xuan Sebastyan Veron Argentina futbolidagi eng kuchli jamoa sifatida «Boka Xuniors»ni eʼtirof etdi.

Bu borada o‘z fikrini bildirgan sobiq futbolchi Buenos-Ayres klubining barqarorligi va doimiy ravishda yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata olishini alohida taʼkidladi.

«Mening fikrimcha, barqarorligi va doimiyligi tufayli «Boka Xuniors» Argentinadagi eng yaxshi jamoa hisoblanadi», — deya Veronning so‘zlarini keltirmoqda DerbyDerbyDerby nashri.

Qayd etish joiz, «Boka Xuniors» Veron rahbarlik qilayotgan «Estudiantes»ning tarixiy raqiblaridan biri hisoblanadi. Veron futbolchilik faoliyati davomida «Manchester Yunayted», «Inter» va «Latsio» kabi mashhur klublarda to‘p surgan. U 2017-yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting