Van Deyk va Alisson «Liverpul» bilan shartnomalarini uzaytirishi mumkin
«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk va darvozaboni Alisson Beker klub bilan amaldagi shartnomalarini uzaytirishi mumkin.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, har ikki futbolchi ham mersisaydliklar safida qolish va yangi kelishuv imzolash istagida. Biroq hozircha ularning kelajagi borasida aniqlik yo‘q. Shu bilan birga, Italiyaning bir qator yetakchi klublari futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.
Jumladan, «Milan» 35 yoshli niderlandiyalik himoyachining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Yuventus» esa o‘tgan yozda 34 yoshli braziliyalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan edi.
Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Shu sababli ular 1-yanvardan boshlab xorijiy klublar bilan erkin muzokara olib borish huquqiga ega bo‘ladi.