locale OZ

«Monako» Brunner bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi

Tomonlar kelishuvni yana ikki mavsumga uzaytirishi kutilmoqda.
Futbol
«Monako» Brunner bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi
Фото: Getty Images

«Monako» klubi hujumchi Paris Brunner bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.

20 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Tomonlar kelishuvni yana ikki mavsumga uzaytirishi kutilmoqda.

Brunner Yevropaning bir qator yetakchi klublari qiziqishiga qaramay, «Monako»da qolishga qaror qilgan. Avvalroq uning xizmatlariga Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Germaniyalik hujumchi futbolchilik faoliyatini «Borussiya» akademiyasida boshlagan, biroq jamoaning asosiy tarkibida rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan.

Brunner joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. U ushbu bahslarning 12 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting