Keyn Olisening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi
«Bavariya» hujumchisi va Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn jamoadoshi Maykl Olisening kelajakda «Oltin to‘p» uchun kurashish imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
Angliyalik futbolchi oktabr oyi oxirida mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan, fransiyalik vinger esa ovoz berish natijalariga ko‘ra to‘qqizinchi o‘rinni egallagan edi.
«Maykl — ajoyib futbolchi. Har kuni mashg‘ulotlarda uning qanday imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rib turibmiz. Unda Myunxenga yana bir “Oltin to‘p”ni olib kelish uchun barcha zarur sifatlar bor. Bunga zarracha shubham yo‘q», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Olise joriy mavsumda «Bavariya» safida barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.