locale OZ

«Roma» Gittens transferini ko‘rib chiqmoqda

Gittens joriy mavsumda APLda hali biror daqiqa ham maydonga tushmagan.
Futbol
«Roma» Gittens transferini ko‘rib chiqmoqda
Фото: Getty Images

«Roma» qishki transfer oynasida «Chelsi» vingeri Jamie Bynoe-Gittensni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Corriere dello Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rim klubi angliyalik futbolchining transferi borasida londonliklar bilan bir necha bor aloqaga chiqqan.

«Roma» bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini jamoaga tayinlanganidan buyon hujumning chap qanotini kuchaytirishga urinmoqda. Bynoe-Gittens esa ushbu pozitsiya uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Angliyalik futbolchi 2025-yil yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «Chelsi»ga taxminan 61 million yevro evaziga o‘tgan edi. U Germaniya chempionatida 12 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Biroq London klubida o‘z o‘rnini topa olmadi. Joriy mavsumda Bynoe-Gittens APL doirasida hali biror daqiqa ham maydonga tushmagan.

«Roma» yanvar oyiga qadar futbolchi «Chelsi»ning kelgusi rejalariga kirmay qolishiga umid qilmoqda. Rimliklar uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. Ayrim shartlar bajarilgan taqdirda esa bu band majburiy sotib olish shartiga aylanishi mumkin.

Agar «Chelsi» bilan kelishuvga erishilmasa, «Roma» uchun muqobil variant sifatida «Nottingem Forest» vingeri Callum Hudson-Odoi ko‘rib chiqilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting