locale OZ

Torres: «Liverpulni tark etganimdan afsuslanmayman»

Ispaniyalik futbolchi 2007-yildan 2011-yilgacha «qizillar» sharafini himoya qilgan.
Futbol
Torres: «Liverpulni tark etganimdan afsuslanmayman»
Фото: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Fernando Torres 2011-yilda «Chelsi»ga o‘tishi va bu qarori mersisaydliklar muxlislariga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

«Men “Liverpul”ni tark etganimdan afsuslanmayman, chunki o‘sha paytda o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan qarorni qabul qilganman. Ammo hammasini to‘g‘ri tushuntirish, yangi egalari bilan suhbatlashish va bir-birimizni yaxshiroq tanib olish uchun yetarli vaqt bo‘lmaganidan afsusdaman. Shuningdek, “Liverpul” muxlislariga ozor berganimdan ham pushaymonman.

O‘sha paytda men uchun eng muhimi sovrinlarni qo‘lga kiritish edi. Ammo ulg‘aygan sari buning hayotdagi eng muhim narsa emasligini tushunasan. Odamlar bilan o‘rnatilgan munosabatlar ancha muhimroq. Baxtli bo‘lish va o‘zingni bir jamoaning ajralmas qismi sifatida his qilish — aslida eng muhimi shu», — dedi Torres The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Ispaniyalik futbolchi 2007-yildan 2011-yilgacha «Liverpul» sharafini himoya qilgan. 2011-yil yanvar oyida esa «Chelsi» safiga ko‘chib o‘tgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting