locale OZ

Torres «Liverpul»ni tark etishiga sabab bo‘lgan omillarni ochiqladi

Fernando 2011-yilda mersisaydliklarni tark etishga qaror qilgandi.
Futbol
Torres «Liverpul»ni tark etishiga sabab bo‘lgan omillarni ochiqladi
Фото: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Fernando Torres 2011-yil yanvar oyida «Chelsi»ga o‘tish qaroriga qanday omillar ta’sir qilganini tushuntirdi.

«Ular eng yaxshi futbolchilarimizni sotishni boshlashdi. Xabi Alonso “Real”ga, Xavyer Maskerano esa “Barselona”ga ketdi. Rafa ham klubni tark etdi. Men esa: “Bu yerda nima bo‘lyapti o‘zi?” deb o‘ylay boshladim.

Biz APL va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga juda yaqin edik. Oldinga yana bir qadam tashlashimiz, atigi bir-ikkita futbolchi bilan tarkibni kuchaytirishimiz kerak edi. Ammo buning o‘rniga yuqori saviyada bo‘lmagan futbolchilar kela boshladi.

Klub egalari almashganidan keyin Jon Genri bilan suhbatlashdim. Ular futbolchilarni xarid qilish va yosh iqtidorlarni rivojlantirishga yangicha yondashmoqchi, o‘n yil vaqt talab qiladigan loyiha qurmoqchi edi. Men esa deyarli 27 yoshda edim va buncha kutishga vaqtim yo‘q edi», — dedi Torres The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yil yanvar oyida «Chelsi» ispaniyalik hujumchini 50 million funt evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting