locale OZ

Pochettino: «Ferguson — futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy»

Argentinalik mutaxassis 13-noyabr kuni manchesterliklar bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Pochettino: «Ferguson — futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy»
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ser Aleks Fergusonni futbol tarixidagi eng buyuk murabbiy deb hisoblashini ma’lum qildi.

«Mening fikrimcha, ser Aleks Ferguson futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy. Bu yerda bo‘lish men uchun katta sharaf va imtiyoz. Bu vazifa zimmamga ulkan mas’uliyat yuklaydi va menga katta kuch bag‘ishlaydi. Chunki bu yerda ekanimdan nihoyatda xursandman», — deya argentinalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

«Manchester Yunayted» 13-noyabr kuni Pochettino tayinlanganini rasman e’lon qilgan edi. Argentinalik mutaxassis 18-noyabr kuni ishga kirishib, vazifasidan ozod etilgan Maykl Kerrik o‘rnini egalladi.

54 yoshli murabbiy bilan tuzilgan shartnoma 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Pochettino avvalroq AQSh milliy terma jamoasini boshqargan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting