locale OZ

Iliya Topuriya ukasining UFC Qatar turnirida og‘ir jarohat bilan jang qilganini oshkor etdi

Uning aytishicha, Aleksandre Santyago Lunaga qarshi jangning dastlabki daqiqasidayoq chap yelkasini chiqarib olgan.
Boshqa sport turlari
Iliya Topuriya ukasining UFC Qatar turnirida og‘ir jarohat bilan jang qilganini oshkor etdi
Foto: Getty Images

UFCning sobiq ikki vazn toifasidagi chempioni Iliya Topuriya ukasi Aleksandre Topuriyaning Qatar turnirida olgan jarohati haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, Aleksandre Santyago Lunaga qarshi jangning dastlabki daqiqasidayoq chap yelkasini chiqarib olgan. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jarohat jangchining harakatlarini jiddiy cheklab, oldindan ishlab chiqilgan taktik rejaga ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Aleksandre chap qo‘lidan deyarli foydalana olmagan, zarbalar kombinatsiyasini bajarish va raqibni parterga o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Shunga qaramay, u jangni yakuniga yetkazib, hakamlarning bo‘lingan qarori bilan mag‘lub bo‘lgan.

“Jangning dastlabki daqiqalarida ukam chap yelkasini chiqarib oldi. Bu esa jangning borishini butunlay o‘zgartirdi. Shunday jarohat bilan ham u oxirigacha kurashdi. Agar Aleksandre to‘liq sog‘lom bo‘lganida, vaziyat qanday kechishini bilmaymiz”, deya ta’kidlagan Iliya Topuriya. Aleksandrening o‘zi ham jarohatni tasdiqlab, mag‘lubiyatini oqlash niyatida emasligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandre Topuriya UFC Qatar turnirida tashkilotdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Iliya Topuriya esa 2026-yil ular uchun murakkab kechganini tan olib, kelasi yilda kuchliroq qaytish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting