locale OZ

Brayan Ortega UFC Qatar turniridan oldin faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ma’lum qildi

Amerikalik jangchi bu haqda Den Hukerga qarshi bahsdan keyingi intervyusida gapirib berdi.
Boshqa sport turlari
Brayan Ortega UFC Qatar turniridan oldin faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

UFCning yarim yengil vazn toifasidagi sobiq chempionlik da’vogari Brayan Ortega professional MMA faoliyatini yakunlash qarorini Qatar turniridan avval qabul qilganini oshkor etdi. Amerikalik jangchi bu haqda Den Hukerga qarshi bahsdan keyingi intervyusida gapirib berdi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ortega jang kuni ertalab murabbiylaridan biri bilan suhbatlashib, oktagonga qaytish istagi qolmaganini bildirgan. Jangchi ushbu qarorini uzoq yillar davomida boshidan kechirgan ruhiy va jismoniy bosim, shuningdek, hayotga bo‘lgan qarashlarining o‘zgarishi bilan izohlagan. Uning ta’kidlashicha, endilikda o‘zini boshqalarga isbotlash zaruratini his qilmayapti.

“Men endi g‘azabga to‘la inson emasman. Dunyo oldida nimanidir isbotlashim shart emas. Odamlarga jarohat yetkazishni xohlamayman. Endi o‘z qobiliyatlarimdan boshqa sohalarda foydalanmoqchiman”, degan Ortega. U jang oldidan bu qarorni faqat bir kishiga aytganini, qolgan jamoadoshlari esa bundan bexabar bo‘lganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Brayan Ortega UFCda uzoq yillar davomida eng tomoshabop jangchilardan biri sifatida tanilgan. U Maks Hollouey va Aleksandr Volkanovskiyga qarshi chempionlik janglarida ishtirok etgan. Ortega 21-noyabr kuni UFC Qatar turnirida Den Hukerga hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgach, faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting