locale OZ

Ronaldu faoliyatidagi gollari sonini 987 taga yetkazdi

1000lik dovon sari 13 ta gol qoldi.
Futbol
Ronaldu faoliyatidagi gollari sonini 987 taga yetkazdi
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi hujumchisi, besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida urgan gollari sonini 987 taga yetkazdi. Portugaliyalik futbolchi Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida Qatarning “Al-Sadd” jamoasiga qarshi bahsda gol urdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Ronaldu penaltidan foydalanib, hisobni ochdi. 23-daqiqada Muhammad Vaad hisobni tenglashtirdi. 52-daqiqada esa Joau Feliks “Al-Nasr”ga g‘alaba keltirgan golni kiritdi. Qo‘shimcha vaqtda Muhammad Vaad raqibga tupurgani uchun maydondan chetlatildi. Shu tariqa, “Al-Nasr” o‘z maydonida “Al-Sadd”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Saudiya Arabistoni klubi musobaqadagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolarini 9 taga yetkazdi va turnir jadvalining beshinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. “Al-Sadd” esa ikki ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting