locale OZ

Pep Gvardiola Krishtianu Ronalduni himoya qildi

Murabbiyning fikricha, mamlakat futboli tarixida katta iz qoldirgan sportchining milliy jamoadagi faoliyati bunday tarzda yakunlanmasligi kerak.
Futbol
Pep Gvardiola Krishtianu Ronalduni himoya qildi
Foto: Getty Images

Taniqli ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. Mutaxassis braziliyalik afsonaviy futbolchi Romarioning Romário TV kanaliga bergan intervyusida portugaliyalik hujumchiga munosib xayrlashuv tashkil etilishi kerakligini ta’kidladi.

Manbaga ko‘ra, Gvardiola Portugaliya futbol federatsiyasi va Ronalduni o‘rtadagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirdi. Murabbiyning fikricha, mamlakat futboli tarixida katta iz qoldirgan sportchining milliy jamoadagi faoliyati bunday tarzda yakunlanmasligi kerak.

Ispaniyalik mutaxassis futbolchining ko‘p yillik faoliyatiga bir yoki ikki oy davomida yuz bergan voqealar, yoxud ayrim insonlar bilan kelishmovchiliklar asosida baho berish noto‘g‘ri ekanini aytdi. Gvardiola Ronaldu portugaliyalik muxlislar qarshisida munosib tarzda xayrlashishga haqli deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklardan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting