locale OZ

UFC 2027-yil boshidagi turnirining janglar kardini kengaytirdi

Tashkilotning rasmiy e’loniga ko‘ra, oqshomning markaziy bahsida yarim o‘rta vazn toifasining kuchli vakillari — amerikalik Shon Bredi va braziliyalik Gabriel Bonfim o‘zaro to‘qnash keladi.
Boshqa sport turlari
UFC 2027-yil boshidagi turnirining janglar kardini kengaytirdi
Foto: Getty Images

UFC 2027-yilning 23-yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi "Meta APEX" majmuasida bo‘lib o‘tadigan turniriga bir qator yangi janglarni qo‘shdi. Tashkilotning rasmiy e’loniga ko‘ra, oqshomning markaziy bahsida yarim o‘rta vazn toifasining kuchli vakillari — amerikalik Shon Bredi va braziliyalik Gabriel Bonfim o‘zaro to‘qnash keladi.

Mazkur jang dastlab noyabr oyida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq Bredi bakterial infeksiya sabab turnirda ishtirok eta olmadi va tomonlar o‘rtasidagi bahs boshqa muddatga ko‘chirildi.

UFC reytingida beshinchi pog‘onani egallab turgan Bredi hamda oltinchi o‘rindagi Bonfim uchun ushbu to‘qnashuv katta ahamiyatga ega. Jang g‘olibi yarim o‘rta vazn toifasidagi mavqeini mustahkamlab, chempionlik kamari uchun kurashga bir qadam yaqinlashishi mumkin.

Oqshom doirasida Pat Sabatini va Vinisius Oliveyra, Nil Megni va Daniil Donchenko, Azamat Bekoyev va Erik Makkoniko, Yadier del Vale va Ezra Elliot o‘rtasidagi janglar ham tashkil etiladi. Bundan tashqari, turnir kardidan erkaklar hamda ayollar vazn toifalarida yana bir nechta bahslar o‘rin olgan.

Mazkur musobaqa UFC'ning 2027-yilda "Meta APEX" majmuasida tashkil etadigan ilk turniri bo‘ladi. Las-Vegas va O‘zbekiston o‘rtasidagi vaqt farqi sabab janglar Toshkent vaqti bilan 24-yanvar tongiga to‘g‘ri keladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting