locale OZ

Liam Paro Devin Heynining antidoping tekshiruvlari borasidagi qarorini tanqid qildi

Avstraliyalik bokschi bu haqda Main Event telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.
Boks
Liam Paro Devin Heynining antidoping tekshiruvlari borasidagi qarorini tanqid qildi
Foto: Getty Images

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari sohibi Liam Paro amerikalik Devin Heyni bilan bo‘lib o‘tadigan jang oldidan raqibining qo‘shimcha antidoping tekshiruvlarida ishtirok etmaslik haqidagi qaroridan noroziligini bildirdi. Avstraliyalik bokschi bu haqda Main Event telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Tomonlar o‘rtasidagi WBO va IBF chempionlik kamarlarini birlashtirish jangi 19-dekabr kuniga belgilangan. Biroq jang uchun tuzilgan dastlabki shartnomada VADA mustaqil antidoping dasturida majburiy ishtirok etish talabi keltirilmagani sababli bokschilar jamoalari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Paro 21-noyabr kuni o‘z ixtiyori bilan mazkur dasturga qo‘shilgan. Heynining otasi, murabbiyi va menejeri Bill Heyni esa amaldagi antidoping tekshiruvlari yetarli ekanini hamda jangga qolgan vaqt qo‘shimcha dastur uchun juda qisqaligini bildirdi.

Avstraliyalik bokschi raqibining ushbu pozitsiyasini tushunmayotganini, ayniqsa, Heyni avval ham professional boksda dopingga qarshi kurash tarafdori sifatida chiqishlar qilganini ta’kidladi. Paro shunga qaramay mashg‘ulotlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, VADA dasturida ixtiyoriy ishtirok etmaslikning o‘zi doping qo‘llanganini anglatmaydi. Jang uchun boshqa rasmiy antidoping nazorati ham mavjud.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting