locale OZ

Karlos Prates Islam Maxachevni faoliyatini yakunlashga majbur qilmoqchi

Biroq braziliyalik sportchi ushbu kamarni haqiqiy chempionlik maqomiga tenglashtirmasligini, uning asosiy maqsadi divizionning mutlaq chempioniga aylanish ekanini ta’kidladi.
Futbol
Karlos Prates Islam Maxachevni faoliyatini yakunlashga majbur qilmoqchi
Foto: Getty Images

UFC yarim o‘rta vazn toifasining braziliyalik vakili Karlos Prates amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi jang qilish istagini yana bir bor bildirdi. Sportchi bu haqda taniqli jurnalist Ariel Xelvanining The Ariel Helwani Show dasturiga bergan intervyusida gapirdi.

Manbaga ko‘ra, Prates UFC 336 turnirida ekvadorlik Maykl Moralesga qarshi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi. Biroq braziliyalik sportchi ushbu kamarni haqiqiy chempionlik maqomiga tenglashtirmasligini, uning asosiy maqsadi divizionning mutlaq chempioniga aylanish ekanini ta’kidladi.

Pratesning aytishicha, Moralesga qarshi jangdan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng Maxachev bilan to‘qnash kelishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik jangchi rossiyalik chempionni nafaqat mag‘lub etishi, balki uni professional MMA faoliyatini yakunlashga majbur qilishini ham da’vo qildi.

Ma’lumot uchun, Prates va Morales o‘rtasidagi jang 2027-yilning yanvar oyida o‘tkazilishi belgilangan. Maxachev bilan ehtimoliy to‘qnashuv esa hozircha UFC tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting