locale OZ

Burak Yilmaz Eldor Shomurodovning mahoratini e’tirof etdi

Raqib jamoa murabbiyining ushbu e’tirofi Shomurodovning Istanbul klubi hujum chizig‘idagi ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.
Futbol
Burak Yilmaz Eldor Shomurodovning mahoratini e’tirof etdi
Foto: Getty Images

Turkiyaning "Chorum" klubi bosh murabbiyi Burak Yilmaz O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning "Istanbul Bashakshehir" safidagi o‘yiniga yuqori baho berdi. Bu haqda Turkiyaning Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Mutaxassis uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoasi Istanbul klubiga qarshi puxta tayyorgarlik ko‘rgani va bahsning katta qismida belgilangan taktik rejani muvaffaqiyatli amalga oshirganini ta’kidladi.

Yilmazning aytishicha, "Chorum" futbolchilari raqibning hujumkor o‘yin uslubi va qanotlardan tashkil etadigan hujumlarini hisobga olgan holda harakat qilishgan. Biroq uchrashuvning so‘nggi qismida vaziyat keskin o‘zgargan. Eldor Shomurodovning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasi mezbonlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklagan va raqib himoyasidagi muvozanatni buzgan.

Burak Yilmaz shogirdlari bosim ostida o‘ynash, ustunlikni saqlab qolish va murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish borasida tajriba orttirishi kerakligini aytdi. Shuningdek, u ikki klub o‘rtasida futbolchilar saviyasi va moliyaviy imkoniyatlar jihatidan sezilarli farq borligini ham tan oldi.

Raqib jamoa murabbiyining ushbu e’tirofi Shomurodovning Istanbul klubi hujum chizig‘idagi ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi. O‘zbekistonlik hujumchi nafaqat gol urish, balki jamoa qiyin vaziyatda qolganida tashabbusni o‘z qo‘liga olish qobiliyati bilan ham ajralib turmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting